49b693641a9b9bca
O`zbekistonda Sipuni
SIPUNI telefoniyasini ulaganda nimalar uchun to‘lov qilish kerak?
Sipuni bulutli ATS (IP telefoniyasi) ga ulanish uchun, albatta, SIP raqamlarini sotib olish shart. Mobil aloqa operatorlarining raqamlari va UzTelecom’dan olingan virtual raqamlar ULANMAYDI!!!
Operatorlardan biridan SIP raqamini sotib olish zarur.
SkyLine, Sarkor, Sharq Telecom, Nano Telecom, IstTelecom, UzTelecom.

Raqam uchun to‘lov
Raqam uchun bir martalik to‘lov (operatorga qarab) 400.000 so‘mdan boshlanadi. Oylik abonent to‘lovi 31.000 so‘mdan boshlanadi.

Kanallar uchun to‘lov
Shuningdek, kanallar uchun ham to‘lov qilishingiz kerak. Xodimlaringiz sonidan 2 ta ortiq kanal sotib olishni tavsiya etamiz. Kanallar bir vaqtning o‘zida kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda birorta qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormaslik imkonini beradi.

Agar sizda telefon orqali muloqot qiladigan 3 nafar xodim bo‘lsa, operatordan kamida 5 ta kanal va SIPUNI’dan 3 ta litsenziya sotib olishingiz lozim.

SIPUNI (bulutli telefoniya) litsenziyalari uchun abonent to‘lovi.
Bir xodim uchun oyiga 99.000 so‘mdan boshlanadi. Minimal to‘lov muddati 6 oy. To‘lov shakli ixtiyoriy. Tariflar haqida batafsil ma’lumotni bu yerda ko‘rishingiz mumkin: Tariflar

Sipuni’ni bir martalik sozlash
UzTelecom’dan tashqari barcha raqamlar - 3.000.000 so‘m
UzTelecom raqamlari - 4.000.000 so‘m

Bu summaga to‘liq kalit topshirish tizimida ulanish, xodimlaringizni o‘qitish, texnik yordam ko‘rsatish xizmati kiradi. Ish vaqti: dushanba-shanba, 9:30 dan 18:30 gacha
Operatorlarning SIP raqam turlari
UzTelecom ma’lumotlar markazlarida VDS (virtual server) UzTelecom orqali sotib olinadi.
Oylik abonent to‘lovi 450 000 so‘mni tashkil etadi.
Operatorlar bilan bog‘lanish
Skyline - 931843424
Nano Telecom - 931803020
East Telecom - 974445586
Sarkor - 880333313
Uztelecom - 1155
Sipuni IP telefoniya tariflari
1 ta menejer uchun qat’iy belgilangan narx. Qo‘shimcha to‘lovlarsiz

Professional

119.000
oyiga
Sipuni funksiyalari va imkoniyatlari

Ko‘p kanalli raqamlar

Ovozli salomlashish

Qo‘ng‘iroqlarni taqsimlash

Qo‘ng‘iroq markazi ish tartibi

Qo‘ng‘iroqlarni yozib olish

Statistika

O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlarni nazorat qilish

Aqlli yo‘naltirish

CRM tizimi bilan integratsiya

Har bir xodimga 4 ta qurilma

Avtomatik javob beruvchi

Ovozli menyu (IVR)

Avtomatik qo‘ng‘iroq qilish va avtomatik xabar berish

Sipuni orqali qanday qurilmalar yordamida muloqot qilish mumkin

-Sipuni dasturining kompyuter versiyasi (kompyuter yoki noutbukda quloqchin va mikrofon orqali)

-Android va iOS uchun PortSip mobil ilovasi (bepul)

-"Yealink" SIP telefonlari 750 000 so‘mdan boshlab

-Xodimingizning mobil raqami (SIM-karta) faqat kiruvchi qo‘ng‘iroqlar uchun. Kiruvchi qo‘ng‘iroq paytida sizning SIP raqamingiz ko‘rsatiladi (qo‘ng‘iroq qiluvchining raqami emas). Chunki mobil raqamga (SIM-kartaga) yo‘naltirish amalga oshiriladi.